Меню
  • TUPROQSHUNOSLIK

TUPROQSHUNOSLIK

Муаллиф: H. X. Tursunov
Қоғоз шаклида: Кутубхонада


Respublikamizda qishloq xo‘jalik mahsulotlari va ularni yetishtirishda unumdor tuproq qoplami mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati va barqarorligini belgilaydigan asosiy manba hisoblanadi. Mamlakatimizda agrar sanoat rivojlangan bo‘lib, uning tabiiy iqlim sharoiti, tuproq va suv manbalari mehnat resurslari hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari – paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik va sabzavot-poliz mahsulotlaridan yuqori hosil olishga imkoniyat yaratib beradi. Yurtimiz bo‘yicha haydaladigan yerlar 4,9 mln. gektar bo‘lib, shundan sug‘oriladigan yerlar 4,3 mln. gektarni tashkil etadi. Sobiq Ittifoq davrida intensiv dehqonchilik va paxta monokulturasining qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanishi natijasida sug‘oriladigan yerlarning 60–70% i sho‘rlangan, eroziyaga uchragan, pestitsidlar va og‘ir metallar bilan ifloslangan. Davlatimiz yuqorida aytib o‘tilgan muammolarni hal qilish maqsadida Yer kodeksi va kadastrini ishlab chiqish, yerni ijara sifatida fermer va dehqon xo‘jaliklariga berish masalasini amalga oshirdi.